Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:52
KirishA'zo bo'lish
"PSJ" oktyabrda Mbappega ikki yillik shartnoma taklif qiladi

 9 SENTYABR, 08:35 3

.

Parijning "PSJ" klubi frantsiyalik hujumchi Kilian Mbappeni shartnomasini uzaytirishga ko'ndirishga urinishda davom etadi, deb yozadi Marca nashri.

Manbaga ko'ra, oktyabr oyida parijliklar Mbappega shartlari yaxshilangan ikki yillik shartnoma taklif qilmoqchi.

O'tgan yozda Mbappe "Real"ga o'tishga yaqin edi, ammo futbolchi klub ro'yxatini o'zgartirishni xohlaganiga qaramay, "qirollik klubi"ning
taklifini qabul qilmadi.

Eslatib o'tamiz, Mbappening "PSJ" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning 30 iyunigacha amal qiladi. O'tgan mavsum Liga 1 musobaqasida 31 uchrashuvda qatnashib,
27 gol urdi va 7 golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR