Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:26
KirishA'zo bo'lish
Diyor Imomxo'jaev Katanetsning fikridagi 3ta jihatga e'tibor qaratdi

 7 SENTYABR, 11:20 4

.

Shvetsiyaga qarshi o'yindan keyin Katanets fikr bildirdi. Undagi 3 ta asosiy jihatga e'tibor qilish kerak.

Birinchidan, Katanetsga o'zbekistonlik futbolchilar o'yini yoqdi va u matbuot anjumanida o'zini juda xotirjam tutdi. Chunki birinchi o'yindayoq ko'plab futbolchilar patentsiali ko'rindi. U Osiyoda asosan arab futbolchilar bilan ishlagan. Sub'ektiv fikrimcha, Katanetsga arab futbolchilarni o'z uslubiga solishdan ko'ra, o'zbekistonlik futbolchilarni unga moslashtirish osonroq. Sababi nisbatan biz evrofutbolga yaqinroq o'ynaymiz.

Ikkinchidan, Katanets ham, shvedlar murabbiyi ham tezlik masalasida fikr bildirdi. Ya'ni, futbolchilarimiz kecha yaxshi o'yin namoyish qilgan bo'lsa-da, tezlik bobida ortda qolishdi. Demak, Katanets birinchi galda nimaning ustida ishlash kerakligini biladi. Agar kechagi futbolimizda tezlik ham bo'lsa, terma o'yini butkul o'zgarishiga shubha yo'q.

Uchinchidan, Katanets o'zi istagan faqatgina bitta jihatni futbolchilarida ko'rmaganini aytdi — tajovuzkorlik (agressiya). Murabbiy harakteridan kelib chiqilsa, u futbolchilarda bu jihatni shakllantirishga harakat qilishiga shubha yo'q. Sababi futbolchi maydonda to'laqonli jangchi bo'lishi shart.

Diyor Imomxo'jaev.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR