Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:27
KirishA'zo bo'lish
Ramos «PSJ» tarkibida qachon debyut qilishi ma'lum bo'ldi

 9 SENTYABR, 07:10 4

.

Yozgi transfer paytida «PSJ»ga o'tgan Serxio Ramos qachon maydonga qaytishi taxmin qilindi.

"Le Parisien" tarqatgan xabarga ko'ra, ispaniyalik futbolchi 22 sentyabrdan avval klub futbolkasida debyut qilmaydi. Pochettino hali to'liq tiklanib olmagan Ramosning sog'lig'ini xavf ostiga qo'ymoqchi emas. Murabbiy Serxioning to'liq formaga kirib olishini kutmoqchi.

Shuning uchun futbolchi joriy haftada bo'ladigan «Klermon», keyingi hafta o'rtasida (15 sentyabr) bo'lib o'tadigan «Bryugge»ga qarshi Chempionlar ligasi uchrashuvini o'tkazib yuboradi. «Lion»ga qarshi o'yinda ham Ramosning maydonga tushish ehtimoli yuqori emas. Shuning uchun Serxio 22 sentyabr kuni «Mets»ga qarshi bahsda ishtirok etishi mumkin.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR