logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:01
KirishA'zo bo'lish
«Nitstsa» – «Marsel» o'yini qaytadan o'tkaziladigan bo'ldi

 9 SENTYABR, 07:00 2

.

Frantsiya professional futbol ligasi Liga-1'ning 3-turidan o'rin olgan «Nitstsa» va «Marsel» jamoalari o'rtasidagi o'yin yuzasidan qaror qabul qildi. Eslatib o'tamiz, mazkur bahs mezbon jamoa muxlislari va mehmon klub futbolchilari o'rtasida yuzaga kelgan mojaro tufayli oxiriga etkazilmay qolgandi.

Uchrashuv neytral maydonda bo'sh tribunalarda o'tkaziladigan bo'ldi. Ehtiyot yuzasidan shunday qaror qabul qilindi.

Bundan tashqari, «Nitstsa»dan 2 ochko olib tashlanadi. Ulardan bir shartli hisoblanadi. Shuningdek, «Nitstsa» navbatdagi 3ta o'yinni tomoshabinlarsiz o'tkazadi.

«Marsel» fizioterapevti Pablo Fernandes joriy mavsum oxiriga qadar futbol faoliyatidan chetlatildi.

«Marsel» himoyachisi Alvaro Gonsales 2ta o'yinga, yarim himoyachi Dimitri Payet bitta bahsga diskvalifikatsiya qilindi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR