Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:25
KirishA'zo bo'lish
Makron, Messi va Neymar Mbappeni qolishga ko'ndirmoqchi

 9 SENTYABR, 06:05 3

.

«PSJ» hujumchi Kilian Mbappeni klub bilan yangi shartnoma imzolashga ishontirishga jiddiy harakat qilmoqchi.

Parijliklar hujumchiga yiliga 25 million evro maosh bilan shartnoma taklif qilishdi, ammo rad javobini oldi. «PSJ» Mbappe bilan yangi shartnoma borasida muzokara o'tkazishga urinmadi.

Marca xabariga ko'ra, oktabr oyida parijliklar Mbappega shartnomaning oldingi versiyasiga qaraganda yuqori maosh bilan 2 yillik shartnoma taklif qilishadi.

Qolaversa, Lionel Messi va Neymar Mbappening qaroriga ta'sir o'tkazishga harakat qilishadi.

Bundan tashqari, Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron Mbappega ta'sir o'tkazishga harakat qiladi. Manbaga ko'ra, frantsuz hujumchisi siyosatchidan shaxsiy xabarlarni olgan. Ehtimol, Makron Mbappe bilan yana bog'lanishi mumkin.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR