logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 00:59
KirishA'zo bo'lish
Mbappe «PSJ»ning navbatdagi bahsini o'tkazib yuborishi mumkin

 18 SENTYABR, 06:30 6

.

"Pari Sen-Jermen" hujumchisi Kilian Mbappe, katta ehtimol bilan, Frantsiya chempionatining 6-turidan o'rin olgan "Lion"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

"Le Parisien" tarqatgan xabarga ko'ra, futbolchi to'pig'ida muammo his qilyapti, shu sababli, hozircha u maydonga tushishga tayyor emas. Mbappe ushbu jarohatni Chempionlar ligasi doirasida "Bryugge"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda (2:2) orttirib olgan edi.

22 yoshli futbolchi joriy mavsumda "PSJ" safida 6ta o'yinda ishtirok etib, 4ta gol urdi va 3ta golga uzatma berdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR