logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 14:05
KirishA'zo bo'lish
«Bunyodkor» - «Lokomotiv» uchrashuvi Olmaliqda bo'lib o'tadi

 18 SENTYABR, 06:25 9

.

Xabaringiz bor, 17-25 sentyabr kunlari poytaxtimizda ayollar jamoalari o'rtasidagi Osiyo Kubogi-2022 saralash bahslari bo'lib o'tadi.

Toshkent saralash bosqichining «E», «F» hamda «G» guruhlariga mezbonlik qilmoqda. Uchrashuvlar «Bunyodkor», «Jar» va «Paxtakor» stadionlarida bo'lib o'tadi. Ma'lumki, «Bunyodkor» 21 sentyabr kuni Superliganing 19-turi doirasida «Lokomotiv»ni qabul qilishi kerak. Jamoaning uy stadioni «Bunyodkor»da xalqaro o'yinlar o'tkazilishi va ketma-ket bo'ladigan uchrashuvlar maydonning chimini sifatiga salbiy ta'sir qilishini inobatga olgan holda «Bunyodkor» - «Lokomotiv» bahsi Olmaliq shahrida tashkil etiladi. O'yin 21 sentyabr kuni OKMK stadionida 19:00da start oladi.

O'rinbosarlar o'rtasidagi bahsning rejasida o'zgarish yo'q. Uchrashuv 20 sentyabr kuni «Bunyodkor» akademiyasi maydonida 16:30da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR