logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 02:08
KirishA'zo bo'lish
«Barselona» vitse-prezidenti nima uchun Messini klubda olib qolishning imkonini bo'lmagani tushuntirdi

 17 SENTYABR, 22:50 6

.

«Barselona» vitse-prezidenti Eduard Romeu nima uchun Messini klubda olib qolishning imkonini bo'lmagani tushuntirdi.

"La liga prezidenti Tebas hujumchi Messiga bog'liq ishda barcha narsani qildi. Klubning avvalgi rahbariyatidan bizga moliyaviy muammolar qoldi.

"Barselona" agar CVC investitsiya jamg'armasi bilan bog'liq hujjatlarni imzolaganida, bizda imkoniyatlar yuzaga kelardi. Ammo bunday shartnomaga imzo cheka olmasdik. Bu narsa klubning to'lov qobiliyatini xatar ostiga qo'yardi. Bu 50 yilga mo'ljallangan kredit bo'lib, jamg'arma klubga 2 milliard evro sarflab, 50 yildan keyin uni 22 milliard evro qilib olmoqchi bo'ldi. Ya'ni yillik kredit 13 foizga teng bo'lardi. Agar istasak, foiz miqdori 2dan kamroq bo'lgan kredit olish imkoniyatiga egamiz. Shu bois, CVC investitsiya jamg'armasi bilan kelishuv reallikdan uzoq edi.

Biz Messini saqlab qolishni istadik, ammo bunday shartga rozi bo'la olmasdik. Klub manfaati hamma narsadan ustun. Albatta, bunda barcha mas'uliyat klub zimmasida yotadi. Ammo bunday halokatli holat bizga avvalgi rahbariyatdan meros bo'lib qolgan. Buning oqibati shunday bo'lmoqda", – dedi Romeu "El Partidazo de COPE"ga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, 34 yoshli Messi erkin agent sifatida "Barselona"ni tark etib, "PSJ" bilan shartnoma imzoladi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR