Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:19
KirishA'zo bo'lish
Ravshan Ermatov «Professional futbol maktablari ligasi» musobaqsida ishtirok etayotgan jamoalar bila

 8 SENTYABR, 23:30 3

.

Xabaringiz bor, Toshkent shahri shu kunlarda 2006 yilda tug'ilgan yoshlar o'rtasidagi «Professional futbol maktablari ligasi» musobaqasining Respublika bosqichiga mezbonlik qilmoqda.

Mazkur musobaqaning final bosqichida ishtirok etish uchun yurtimizning barcha hududlaridan jamoalar poytaxtga etib kelishgan.

Bugun O'FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligidagi mutaxassislar futbolchilar joylashgan mehmonxonaga tashrif buyurdi. Uchrashuv avvalida Ravshan Ermatov futbol mahorat maktabidagi jamoalarning murabbiylari bilan suhbatlashdi.

Hozirgi zamonaviy futboldan holatidan kelib chiqib, o'z ishlariga ilmiy va tahliliy yondashishlari kerakligi ta'kidlandi. Shuningdek, bu yo'lda murabbiylar doimiy o'z ustilarida ishlab, maxsus kurslarda malaka oshirib borishlari lozimligi qayd etildi.

Uchrashuvning ikkinchi qismida futbolchilarning yashash va ovqatlanish sharoitlari, teoriya darslarini tashkil etilishi bilan yaqindan tanishildi.

Yosh futbolchilar bilan muloqot ochiq tarzda o'tib, unda avvalo mamlakatimizda yoshlarga ko'rsatilayotgan e'tibor va yaratilayotgan imkoniyatlar, shuningdek, sport musobaqalari haqida suhbatlashildi. O'FA vakillari musobaqada ishtirok etayotgan barcha yosh futbolchilarga omad tilashdi.

Shundan so'ng Ravshan Ermatov bugungi kunda bolalar-o'smirlar futboli rivojiga o'z hissasini qo'shib kelayotgan Server Jeparov va Odil Ahmedov hamrohligida Navoi - Namangan terma jamoalari o'yinini bevosita stadiondan kuzatib bordi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR