Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:10
KirishA'zo bo'lish
Evropa ligasi. Haftaning eng yaxshi futbolchisi nomi e'lon qilindi

 17 SENTYABR, 22:35 9

.

"PSV" yarim himoyachisi Mario Gyottse Evropa ligasida joriy haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Germaniyalik futbolchi guruh bosqichining 1-turi doirasida bo'lib o'tgan "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda (2:2) bitta gol va bitta golli uzatma muallifiga aylandi.

29 yoshli Gyottse 2020 yildan buyon "PSV" sharafini himoya qilib kelmoqda. U klub safida barcha musobaqalar doirasida 37ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 11ta assist muallifi bo'ldi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR