logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 12:59
KirishA'zo bo'lish
Rayola: "Pogba hali ham Turinni yaxshi ko'radi, u «Yuventus» ga qaytishi mumkin"

 17 SENTYABR, 21:30 7

.

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogba agenti Mino Rayola frantsiyalik futbolchining kelajagi haqida gapirdi. Rayola Pogbaning «Manchester Yunayted»da qolishini istisno qilmadi, uning ingliz klubi bilan shartnomasi 2022 yilning yozida tugaydi.

«Pol Pogbaning shartnomasi iyun oyida tugaydi. Biz «Manchester Yunayted» bilan vaziyatni muhokama qilamiz.

Yuventus ? Pol hali ham Turinni yaxshi ko'radi. U «Yuventus» ga qaytishi mumkin. Ammo hamma narsa vaziyatga va «Yuventus»ning rejalariga bog'liq«, - deydi Rayola Ray Sportga.

Pogba 2012 yildan 2016 yilgacha "Yuventus" da o'ynagan. Keyin u Manchesterga ko'chib o'tgan. Ingliz klubi yarim himoyachi uchun 105 million evro to'lagan edi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR