Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:13
KirishA'zo bo'lish
Superliganing 19-turida «Paxtakor» «Andijon» maydoniga safar qiladi (prevyu)

 17 SENTYABR, 19:50 8

.

O'zbekiston Superlining 19-turida «Paxtakor» Andijon maydoniga safar qiladi.

Hozirga qadar jamoalar chempionatlarda 51 bor to'qnash kelishgan. Ulardan 39tasida «Paxtakor» g'alaba qozongan bo'lsa, 8 bahsda durang natija qayd etilgan. Faqat 4 marta «Andijon» futbolchilari muvaffaqiyatga erishgan. Raqib darvozasini 125 marta ishg'ol qilgan toshkentliklar 34 bor gol o'tkazib yuborgan.

«Sherlar» safardagi bellashuvlarda 15 g'alaba, 6 durang va 4 mag'lubiyatga ega. Toshkent klubi mehmonda 47 to'p kiritgan holda darvozasidan 17 gol olib chiqqan. Jami g'alabalarning 15tasi raqib ustidan yirik hisobdagi natijalar bilan qo'lga kiritilgan. O'tgan mavsumda har ikki uchrashuvda «Paxtakor» 2:0 hisobida zafar quchgan.

O'zaro o'yinlardagi eng yirik natija - 6:0 hisobi 2015 yil Toshkentdagi uchrashuvda kuzatilgan. O'shanda poytaxtliklar shunday hisobdagi yirik g'alabaga erishgan.

Bellashuvni mezbonlardan Usmonali Ismonaliev diskvalifikatsiya sababli o'tkazib yuboradi.

«Andijon» - «Paxtakor» jamoalari o'rtasidagi o'yin 19 sentyabr, yakshanba kuni soat 16:00da «Sog'lom avlod» stadionida boshlanadi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR