logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:29
KirishA'zo bo'lish
Sulsher Lingardni jamoada olib qoladi

 17 SENTYABR, 16:55 11

.

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher «qizil iblislar» yarimhimoyachisi Jessi Lingardni jamoada saqlab qolish istagini bildirdi.

«Biz uni kelajakda ham «Manchester Yunayted» o'yinchisi sifatida ko'ramiz. U «Vest Xem»da ijaradan so'ng bizga yana qaytdi.

Jessi o'zining fazilatlarini namoyish etdi va Angliya terma jamoasiga qaytdi. Biz ham uning eng yaxshi o'yinini ko'rishni juda xohlaymiz.

Uning shartnomasi tugashiga bir yil qoldi. Ayni paytda klub Jessi va otasi bilan muzokaralar olib bormoqda. Biz uni qo'llab-quvvatlaymiz. Umid qilamizki, Lingard doimo «qizil iblis» bo'lib qoladi», - dedi Sulsher.

Eslatib o'tamiz, Lingardning «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR