logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:39
KirishA'zo bo'lish
Sulsher Kavani qachon maydonga qaytishi mumkinligini aytdi

 17 SENTYABR, 15:55 7

.

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher hujumchi Edinson Kavani qachon maydonga qaytishi mumkinligini aytdi.

Urugvaylik futbolchi «Stok Siti»ga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvida jarohat olgan edi.

«Umid qilamanki, Edinson shu hafta oxiri yoki dushanba kuni jamoa bilan mashg'ulotlarni boshlaydi. Balki u chorshanba kuni maydonga chiqar. Kavani o'tgan mavsumni ajoyib tarzda o'tkazdi. U formada bo'lganida, o'yinga katta ta'sir ko'rsatdi. Ammo bu mavsum boshida u jarohatlardan xavotirda edi.

Kavani eng yaxshi futbolini namoyish qilishi uchun u 100 foiz tiklanishi kerak. Biz bunga shoshilmaymiz. Kavani maydonga qaytishni intizorlik bilan kutmoqda», - dedi Sulsher.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR