Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:23
KirishA'zo bo'lish
«Tottenxem» Germaniya terma jamoasi futbolchisi uchun «Real» va «Bavariya» bilan kurash olib boradi

 17 SENTYABR, 15:20 10

.

Gladbaxning «Borussiya» klubi himoyachi Mattias Ginter faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Calciomercato nashri xabariga ko'ra, Londonning «Tottenxem» klubi 27 yoshli futbolchini sotib olmoqchi.

Futbolchi borasidagi bahsda «shporlar» «Real» va «Bavariya»ning raqobatiga qarshi turishi kerak bo'ladi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Ginterning narxi 30 million evroni tashkil qiladi.

2020/2021 yilgi mavsumda Matias 46 ta o'yinda ishtirok etib, ikkita gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Gladbax klubi bilan shartnomasi kelasi yilning yozida tugaydi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR