logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:01
KirishA'zo bo'lish
Belotti La Liga klubiga o'tishi mumkin

 17 SENTYABR, 14:55 11

.

«Torino» hujumchisi Andrea Belotti faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Tuttosport nashrining xabar berishicha, «Sevilya» rahbariyati kelasi yoz erkin agentga aylanadigan 27 yoshli italiyalik hujumchiga katta qiziqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha, «nervionlar» Belotti bilan yanvar oyida dastlabki shartnoma borasida kelishib olishadi va futbolchi uchun barcha da'vogarlardan ustun bo'lishga umid qilishmoqda.

«Sevilya» Belotti bilan shartnoma tuzish, jamoaga katta yordam berishiga ishonadi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR