logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:10
KirishA'zo bo'lish
Urugvayning yangi yulduzi faoliyatini «Atletiko»da davom ettiradi

 17 SENTYABR, 13:00 5

.

«River Pleyt Montevideo» hujumchisi Matias Areso faoliyatini «Atletiko»da davom ettiradi.

Ovacion Digital nashri xabariga ko'ra, «matraschilar» rahbariyati 18 yoshli urugvaylik hujumchining xaridini yanvar oyida transfer oynasi ochilganda yakunlash niyatida. Hozircha qancha summaga sotib olayotgani sir tutilmoqda.  

Eslatib o'tamiz, yosh bo'lishiga qaramay, Areso «River Pleyt Montevideo»ning asosiy jamoasi tarkibida 78 o'yin o'tkazgan va u 33 ta gol urgan.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning 31 dekabrida yakuniga etadi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR