logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:40
KirishA'zo bo'lish
"Shporlar" ustozi "Chelsi"ga qarshi o'yin oldidan yo'qotishlar haqida gapirdi

 17 SENTYABR, 12:40 9

.

"Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Nuno-Eshpiritu Santu "Chelsi"ga qarshi o'yin oldidan tarkibda yo'qotishlar borligidan xavotir bildirdi. Jamoa futbolchilari Stivin Bergvin hamda Lukas Moura Frantsiyadagi o'yin chog'ida jarohat olgan.

Mutaxassis "Renn"ga qarshi kechagi o'yindan so'ng shunday deydi: "Futbolchilar holati haqida biror nima deya olmayman. Bu tibbiy xizmatchilar tomonidan aniqlanadi. Ammo futbolchilarimizda jarohat borligi meni xavotirga solmoqda. Bu bizning o'yinimizga ta'sir o'tkazmasdan qolmaydi. Bu shunchaki daxshat! "Uotford" bilan o'yindan keyin sodir bo'layotgan voqealar biz uchun yaxshilik olib kelmayapti. Bu futbol va bunda hamma narsaga tayyor turish kerak".

Eslatib o'tamiz, "Shporlar" 5 turni shanba kuni o'z uyida "Chelsi"ga qarshi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR