Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:32
KirishA'zo bo'lish
Shomurodov «Roma» safidagi 6ta o'yinda gol+pas bo'yicha 5 ochko jamg'ardi

 17 SENTYABR, 09:20 18

.

«Roma» Evropa konferentsiyalar ligasi guruh bosqichining 1-turi doirasida Bolgariyaning TsSKA klubini qabul qilib, 5:1 hisobida g'alaba qozondi.

Rimliklar hujumchisi Eldor Shomurodov kechagi uchrashuvda jamoasining 2ta goliga assistentlik qildi. Uning uzatmalaridan so'ng 38-daqiqada Stefan el-Shaaraviy, 84-daqiqada esa Temmi Abraxam raqib darvozasini ishg'ol qilishdi.

O'zbekistonlik futbolchi "Roma"ga o'tganidan buyon 6ta rasmiy o'yinda ishtirok etib (shundan 2tasida asosiy tarkibda), "gol+pas" tizimi bo'yicha 5 (1+4) ochko jamg'ardi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR