logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 02:19
KirishA'zo bo'lish
O'zbekiston termasini boshqarishni istamagan Keyrush boshqa jamoada ish boshladi

 8 SENTYABR, 20:35 2

.

Bugun 68 yoshli Karlush Keyrushning Misr terma jamoasiga bosh murabbiy etib
tayinlangani rasman e'lon qilindi.

Bu portugaliyalik mutaxassis bir vaqtlar "Manchester Yunayted"da Ser Aleks Fergyusonning yordamchisi bo'lgan. Shuningdek, Keyrush ko'plab klublarda, xususan "Real"da
va bizga tanish bo'lgan Eron  terma jamoalarda ishlashga muvaffaq bo'lgan. O'tgan yil oxirida Karlush Kolumbiya terma jamoasi murabbiylik lavozimini tark etdi.

Misr terma jamoasining avvalgi murabbiyi Xosam El-Badri edi. Qiziq tomoni, uning qo'l ostida, misrliklar terma jamoasi birorta ham mag'lubiyatga uchramadi - beshta g'alaba va to'rt durang.
Qolaversa, mutaxassis yozda O'zbekiston terma jamoasi ustozi bo'lishi ham mumkin edi. Ammo, mutaxassis oilaviy sabablar tufayli, UFA yuborgan taklifga rad javobini bergan.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR