logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 14:12
KirishA'zo bo'lish
Bahrom Norsafarov: «Saralash musobaqasiga etarli darajada tayyorgarlik ko'rdik, deb o'ylayman»

 17 SENTYABR, 07:35 6

.

Xabaringiz bor, joriy yilning 17-25 sentyabr kunlari yurtimizda ayollar o'rtasidagi Osiyo kubogi-2022 saralash bahslari bo'lib o'tadi.

Kecha «Bunyodkor» stadioni anjumanlar zalida saralash bahslari oldidan umumlashtirilgan rasmiy matbuot anjumani o'tkazildi. Unda O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasining bosh murabbiyi Bahrom Norsafarov ham ishtirok etdi.

— Karantin sizning rejalaringizga qanchalik ta'sir qildi?
— Butun dunyoda bo'lgani kabi, bizda ham karantin bilan bog'liq sinovlar bo'ldi. Mana shu davr oralig'ida ham muhim musobaqalarni unutib qo'ymadik. Bor resurs va imkoniyatlarni jalb qilib, maksimal darajada e'tiborimizni oldinda kutib turgan bahslarga qaratdik.

— Saralash bahslariga qay darajada tayyorgarlik ko'rdingiz, tarkib tanlashda muammolar bo'lmadimi?
— Biz eng avvalida terma jamoaga 50 futbolchini jalb qilgan edik, mashg'ulot paytida ularni saralab, eng yaxshi 23 nafar futbolchini olib qoldik. Musobaqaga tayyorgarlik doirasida umumiy hisobda 6ta o'quv yig'inlarini o'tkazib, bir nechta o'rtoqlik o'yinlarida qatnashdik. O'ylashimcha, tayyorgarlik etarli darajada bo'ldi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR