logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:58
KirishA'zo bo'lish
Konferentsiyalar Ligasi. Eldor Shomurodov 2 ta golli uzatma bergan o'yinda «Roma» yirik hisobda g'alaba qozondi

 17 SENTYABR, 06:35 10

.

Evropa Konferentsiyalar ligasi guruh bosqichining 1-turidan o'rin olgan o'yinda «Roma» 16 sentyabr, payshanba kuni «TsSKA Sofiya» bilan bahs yuritdi.

Rimda o'tgan o'yinda umumiy hisobda 6 ta gol urildi. Dastlab 10-daqiqada mehmonlar hisobni ochishga muvaffaq bo'lgandi. Biroq Joze Mourino shogirdlari 25-daqiqada Lorentso Pellegrinining golidan so'ng muvozanatni tikladi. 38-daqiqaga kelib, Stefan ash-Shaaraviy Eldor Shomurodovning uzatmasini golga aylantirdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Shundan keyin «Roma» yana 3 bor Bolgariya klubi darvozasiga yo'l topdi. Pellegrini dublni rasmiylashtirgan bo'lsa, Janluka Manchini va Temmi Abraham ham o'z nomiga gol yozdirib qo'ydi. Abrahamning goliga ham Eldor Shomurodov assistentlik qildi, o'zbekistonlik hujumchi bu vaziyatda jamoadoshini darvozabon bilan birga-bir vaziyatga olib chiqdi.

Shu tariqa, «Roma» Konferentsiyalar Ligasi guruh bosqichidagi ilk o'yinni yirik g'alaba bilan boshladi. Shomurodov esa 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

«Tottenhem» «Renn» maydoniga safar qilib, 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi. Frantsuz jamoasi safida Flaven Te va Gaetan Labord gol urgan bo'lsa, Per Hyoyberg «shporlar»ni mag'lubiyatdan qutqarib qolgan golga mualliflik qildi.

Konferentsiyalar ligasi, 1-tur
16 sentyabr, payshanba

«Roma» Italiya – «TsSKA Sofiya» 5:1
Gollar: 0:1 – 10 Keri, 1:1 – 25 Pellegrini, 2:1 – 38 ash-Shaaravi, 3:1 – 62 Pellegrini, 4:1 – 82 Manchini, 5:1 – 84 Abraham.
«Roma» – Ruy Patrisiu, Karsdorp (Rojer, 46), Smolling, Manchini, Kalafyori (Kumbula, 77), Pellegrini (Abraham, 75), Vilyar (Veretu, 58), Diavara (Kristante, 58), ash-Shaaraviy, Shomurodov, Karles Peres.
«TsSKA Sofiya» – Buzatto, Turitsov (Donchev, 74), Matey, Galabov, Maziku, Yomov (Be, 68), Lam, Muxar, Keri, Krastev (Axmedov, 87), Vildsxut.
Ogohlantirishlar: Vildsxut (67), Lam (90).
Chetlatish: Vildsxut (80).

«Renn»—«Tottenhem» 2:2
Gollar: 0:1 – 11, avtogol Bade, 1:1 – 23 Te, 2:1 – 71 Labord, 2:2 – 76 Hyoberg.

«Qayrat»—«Omoniya» 0:0

«Flora»—«Gent» 0:1
Gol: 0:1 – 54 Lemaich.

«XIK»—«LASK» 0:2
Gollar: 0:1 – 15 Maresich, 0:2 – 89 Monshayn.

«Mura»—«Vitess» 0:2
Gollar: 0:1 – 30 Tronstad, 0:2 – 69 Duki.

«Slaviya»—«Union Berlin» 3:1
Gollar: 1:0 – 18 Ba, 1:1 – 70 Berens, 2:1 – 84 Kuxta, 3:1 – 88 Shrans.

«Slovan»—«Kopengagen» 1:3
Gollar: 0:1 – 18 Vind, 1:1 – 21 Xenti, 1:2 – 41 Stage, 1:3 – 68, penalti Vind.

«Linkoln»—«PAOK» 0:2
Gollar: 0:1 – 45 Akpom, 0:2 – 56 Mitritse.

«Qorabog'»—«Bazel» 0:0

«Anortosis»—«Partizan» 0:2
Gollar: 0:1 – 42 Menig, 0:2 – 68 Rikardu Gomesh.

«Bude Glimt»—«Zarya» 3:1
Gollar: 1:0 – 48 Saltnes, 2:0 – 49 Solbakken, 3:0 – 60 Pellegrino, 3:1 – 90 Gromov.

«Yablonets»—«ChFR» 1:0
Gol: 1:0 – 52, penalti Pilarj.

«Randers»—«AZ Alkmar» 2:2
Gollar: 0:1 – 24 Klasi, 1:1 – 27 Pizinger, 1:2 – 34 Pavlidis, 2:2 – 68 Graves.

«Makkabi Tel-Aviv»—«Alashkert» 4:1
Gollar: 1:0 – 13 Peritsa, 1:1 – 17 Joze Embalo, 2:1 – 32 Kanixovskiy, 3:1 – 45, penalti Biton, 4:1 – 72 Xozez.

«Makkabi Xayfa»—«Feyenoord» 0:0

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR