logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:23
KirishA'zo bo'lish
OFK Kubogi-2021. “Nasaf”ning raqibi “Moxun Bagan” haqida

 16 SENTYABR, 21:50 10

.

Xabaringiz bor, joriy yilning 22 sentyabr kuni OFK Kubogi-2021 hududlararo yarim finalida Qarshining “Nasaf” klubi Hindistonning “Moxun Bagan” jamoasini qabul qiladi.

“Moxun Bagan” – Hindistonning G'arbiy Bengaliya shtatida joylashgan Kalkutta shahri sharafini himoya qiladi. Klub 1889 yilda tashkil topgan bo'lib, Osiyoning eng qadimiy futbol klublaridan biri hisoblanadi. “Moxun Bagan”ning 100 yilligiga mamlakat oldidagi hizmatlari uchun “Hindiston milliy klubi” unvonini olgan. Uch karra Milliy futbol ligasi g'olibi. Federatsiya kubogi tarixidagi eng ko'p muvaffaqiyat qozongan jamoa hisoblanadi. Ular ushbu kubokni 14 marotaba qo'lga kiritgan.

“Moxun Bagan” bir qator legionerlar (Roy Krishna (Fidji orollari), Adnan Xyugo Boumu (Frantsiya), Devid Uilyams (Avstraliya), Joni Kauko (Finlyandiya), Tiri (Ispaniya), Karl Makyu (Irlandiya) va kuchli mahalliy futbolchilar (Amrinder Singx, Pritam Kotal) to'p tepadi.

“Moxun Bagan” OFK Kubogi-2021 “D” guruhi g'olibi sanaladi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR