Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:37
KirishA'zo bo'lish
18 yoshli nemis futbolchisi «Arsenal» va «Manchester Yunayted» e'tiboriga tushgan

 16 SENTYABR, 20:15 11

.

«Bayer» yarimhimoyachisi Florian Virtts faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Yarimhimoyachi may oyida 18 yoshga to'ldi, biroq u allaqachon Londonning «Chelsi» klubiga ko'chib o'tgan Kay Haverttsning ideal o'rinbosariga aylangan. «Dorichilar» tarkibida 50 o'yinda maydonga tushgan Virtts 11ta gol urishga muvaffaq bo'ldi va shuncha golli uzatmani amalga oshirdi.

TMW nashri xabariga ko'ra, Florian uchun kurashga «Arsenal» va «Manchester Yunayted» qo'shilgan. Ikkala ingliz klublari ham yosh nemis futbolchisiga birinchilardan bo'lib taklif jo'natgan «Bavariya» va «Borussiya Dortmund» bilan Virtts uchun kurashishga tayyor.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR