logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 14:21
KirishA'zo bo'lish
«Barselona» rahbariyati Kumanga shart qo'ydi

 16 SENTYABR, 15:10 9

.

«Barselona» bosh murabbiy Ronald Kumanga joriy mavsumda o'z lavozimini saqlab qolish kafolatlanmagan.

Kataloniyaliklar navbatdagi uchrashuvlarni «Granada», «Kadis», «Levante» (La Liga) va «Benfika» (Chempionlar ligasi)ga qarshi o'tkazishadi. Mazkur 4ta o'yinda ijobiy natijalar qayd etilmasa, «Barsa» prezidenti Joan Laporta bosh murabbiyni iste'foga chiqarishi mumkin. «Barselona»ning EChL doirasidagi «Bavariya»ga qarshi o'yini Laportaga yoqmagan.

Jamoa rahbari «ko'k-anorranglilar» 3 markaziy himoyachi bilan o'ynash g'oyasidan voz kechib, o'z o'yin uslubiga sodiq qolishini istamoqda. Bundan tashqari, niderlandiyalik mutaxassis yosh futbolchilarga, xususan, Rikard Puchga ko'proq imkon berilishini rahbariyat xohlamoqda.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR