logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 12:53
KirishA'zo bo'lish
O'zbekiston darvozasiga 3ta gol urgan rossiyalik futzalchi: «Bizga shunday qarshilik ko'rsatgan raqibga rahmat aytaman»

 16 SENTYABR, 14:05 9

.

Futzal bo'yicha jahon chempionati guruh bosqichi 2-turi doirasida O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'yinda 3ta gol muallifiga aylangan rossiyalik futzalchi Artyom Niyazov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Qarang — O'zbekiston Gvatemalaga qarshi 1-turda mashaqqatli o'yin o'tkazdi. Ortda borayotib hisobni tenglashtirdi, ammo so'nggi daqiqada mag'lub bo'ldi. Bugun ham ular hisobda orqaa qolayotganiga qaramay maksimal darajada motivatsiya bilan o'ynashdi. Rossiyaga qarshi uchrashuvda barcha o'zining eng yaxshi jihatlarini namoyish etishga harakat qiladi. Guruh bosqichida bizga shunday qarshilik ko'rsatgan raqibga rahmat aytaman. Ularga gap yo'q, yaxshi o'ynashdi.

Dastlabki o'yinda 9:0 hisobidagi g'alabadan so'ng, bugun qiyin uchrashuv o'tkazdik. Hisob tenglashganidan keyin yigitlar xarakter ko'rsatishdi. Shundan so'ng har bir o'yinchi o'z mahoratini namoyish etdi va gol urishga muvaffaq bo'ldik", — dedi Niyazov.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR