logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:22
KirishA'zo bo'lish
Xenderson: «Enfild»da o'ziga xos kecha!»

 16 SENTYABR, 14:00 9

.

«Liverpul» sardori Jordan Xenderson Chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turida «Milan»ga (3:2) qarshi kechgan g'alabasli bahs haqida fikr bildirdi.

Yurgen Klopp shogirdlari «Milan»ga qarshi uchrashuvda katta qiyinchilik bilan uch ochkoni qo'lga kiritishdi. Ikkinchi bo'limda Jordan Xendersonning yo'llagan aniq zarbasi evaziga mersisaydliklar g'alabani qo'lga kiritishdi.

Shundan so'ng Xendo o'z his-tuyg'ulari bilan tezda o'rtoqlashdi: «Bunday his-tuyg'ularni senga kamdan kam narsa berishi mumkin. «Enfild»da o'ziga xos kecha! Ajoyib atmosfera, ajoyib g'alaba. Barchani tabriklayman», — deydi Jordan.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR