Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:32
KirishA'zo bo'lish
Andre Onana «Barselona»ga qaytishi mumkin

 16 SENTYABR, 13:55 12

.

«Ayaks» darvozaboni Andre Onana «Barselona»ga qaytishi mumkin, deb xabar beradi todofichajes nashri. Manba bergan xabarga ko'ra, kataloniyaliklar kamerunlikni ikkinchi darvozabon sifatida jamoaga taklif qilishni ko'rib chiqishmoqda.

Ma'lum bo'lishicha, Onana katta ehtimol bilan «Ayaks» bilan shartnomani uzaytirmaydi. Uning amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar belgilangan, shuning uchun «Barselona» futbolchini tekinga qo'lga kiritishni mo'ljallamoqda. Tomonlar yaqin orada muzokaralarni boshlashlari mumkin.

Eslatib o'tamiz, Onana 2015 yilda 150 ming evro evaziga «Barselona»dan «Ayaks»ga o'tgan edi. Futbolchi hozirda taqiqlangan moddani qabul qilgani uchun diskvalifikatsiya qilinmoqda.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR