logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:49
KirishA'zo bo'lish
«Manchester Siti» ushbu rekord orqali «Manchester Yunayted»ni ortda qoldirib, ingliz klublari orasida etakchiga aylandi

 16 SENTYABR, 13:35 7

.

«Manchester Siti» Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-tur uchrashuvida o'z maydonida Germaniyaning «Leyptsig» klubini qabul qilib, yirik 6:3 hisobida mag'lub etdi. Xosep Gvardiola shogirdlari Evropaning yirik musobaqasida ingliz klublari orasida 50ta g'alabani eng tez qo'lga kiritgan jamoaga aylandi, deb xabar beradi «Manchester Siti» rasmiy sayti. Buning uchun «shaharliklar»ga 91ta o'yin o'tkazishlari kerak bo'ldi.

Oldinroq, ingliz jamoalari orasidagi rekord «Manchester Yunayted»ga tegishli edi - 96 o'yin. «Chelsi» Chempionlar Ligasida 98 o'yin o'tkazib, 50ta g'alabaga erishgan. Turnir rekordchisi - «Real Madrid» (88 uchrashuv). «Manchester Siti» ikkinchi, uchinchi o'rinni esa «Barselona» (93) egalladi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR