logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:05
KirishA'zo bo'lish
«Bavariya» etakchisi bilan shartnoma uzaytirdi

 16 SENTYABR, 13:25 11

.

«Bavariya» yarimhimoyachisi Leon Goretska bilan shartnomani uzaytirdi. Tomonlarning yangi shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan, deb xabar beradi myunxenliklar klubi rasmiy sayti.

Avvalroq, OAV Goretskaning maoshi 12-15 million evroni tashkil qilishi haqida xabar tarqatgan edi, ammo rasmiy manbalar Leonning «Bavariya» bilan shartnomasining moliyaviy tafsilotlarini oshkor qilmagan.

O'tgan mavsumda futbolchi «Bavariya» safida barcha turnirlarda 32 o'yin o'tkazib, 8 gol va 7 golli uzatma muallifi bo'lgan. Yarim himoyachi 2018 yildan buyon Myunxen klubi sharafini himoya qilib kelgan va bundan oldin «Shalke 04» va «Boxum» kabi jamoalarda o'ynagan.

Transfermarkt portali Goretskani 70 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR