logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 00:39
KirishA'zo bo'lish
Xoland EChLda gol urish tempi bo'yicha ancha ildamlamoqda

 16 SENTYABR, 11:35 11

.

Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xoland Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turi doirasida bo'lib o'tgan "Beshiktosh"ga qarshi o'yinda (2:1) bitta gol urdi.

Norvegiyalik futbolchi uchun mazkur gol EChL doirasidagi 21-gol bo'ldi. Buning uchun unga 17ta bahs etarli bo'ldi.

"Gracenote Live" tarqatgan xabarga ko'ra, Xoland Chempionlar ligasida 21ta golni boshqa har qanday o'chinchiga nisbatan kamida 10ta uchrashuvga tezroq urgan. Bungacha bu boradagi rekord Rud van Nistelroyga tegishli bo'lib, niderlandiyalik futbolchi 21ta to'pni 27ta o'yinda kiritgan edi.

Xoland "Borussiya"ga o'tganidan buyon barcha musobaqalar doirasida 66ta o'yinda 66ta gol muallifiga aylandi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR