logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 00:53
KirishA'zo bo'lish
Bellenghem Mbappening rekordini yangiladi

 16 SENTYABR, 09:40 11

.

«Borussiya D» jamoasining 18 yoshli ingliz yarimhimoyachisi Jud Bellinghem 2021/21 yilgi UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 1-tur bahslari doirasida Turkiyaning «Beshiktosh» jamoasiga (2:1) qarshi o'yinda gol urdi.

OptaJoe nashrining xabar berishicha, Bellinghem (18 yoshu 78 kun) UEFA Chempionlar Ligasi tarixidagi gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. Shu tariqa u frantsiyalik Kilian Mbappening (18 yil va 85 kun) rekordini yangiladi.

Qolaversa, Jud Chempionlar Ligasida mehmonda gol urgan eng yosh ingliz futbolchisi bo'ldi.

Bellinghem joriy mavsumda «Borussiya» tarkibida barcha turnirlarda 7ta o'yin o'tkazdi, ikkita gol va 4ta golli uzatma amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR