Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:43
KirishA'zo bo'lish
Diyor Imomxo'jaev Samvel Babayan haqida fikr bildirdi

 16 SENTYABR, 09:35 8

.

Kecha Navbahor o'zi uchun printsipial bo'lgan o'yinda Paxtakorni 2 ochkodan mahrum qilishga erishdi. Hozirgacha Paxtakordan faqat uch klub ochko ola bildi: Turon, So'g'diyona, Navbahor.

Samvel Babayan tashrifidan keyin Namangan klubi o'yinida jonlanish paydo bo'lgani fakt. Navbahor so'nggi to'rt turda Lokomotiv, Nasaf, AGMK va Paxtakor bilan o'ynadi, ya'ni, mamlakatning bugungi kundagi eng yaxshi jamoalari bilan. Ularning birortasi Navbahor darvozasiga yo'l topa olmadi, Navbahor mana shu to'rt o'yinda 8 ochko ishlay oldi. Bu endi haqiqiy progress.

Tartib-intizom qo'mitasi mutaxassisni AGMK bilan o'yindan keyin Reglamentning 18.20-bandi  bo'yicha jarimaga tortdi. Xabar uzklasiko o'tguniga qadar e'lon qilinmadi, ya'ni, printsipial bellashuvga tashqi ta'sirlar bo'lmasligi uchun barcha chora ishga solindi.

Bilishingiz mumkinki, biz Babayanni mutaxassis sifatida tan olamiz. Shuningdek, Reglament hamma uchun bir ekanidan kelib chiqib, kerak vaqtda tegishli jazoni hamma qatori unga nisbatan ham qo'llaymiz. Navbahor rossiyalik mutaxassislarga qarshi muammolarini hal qilib olsa va shu tempda davom etsa, kelasi mavsum hozirgidan ham yaxshiroq va tartibliroq jamoaga aylanishi mumkin.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR