logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 12:51
KirishA'zo bo'lish
APL klublari Chempionlar ligasida etakchi

 16 SENTYABR, 09:30 9

.

Angliya klublari Chempionlar ligasi guruh bosqichining ilk turida top-5 ligalar orasida eng yaxshi natijani qayd etdi.

Premer-liga jamoalari 9 ochko to'pladi: «Manchester Siti» «RB Leyptsig»ni mag'lub etdi (6:3), «Liverpul» «Milan» ustidan zafar quchdi (3:2) va «Chelsi» esa «Zenit»ni taslim etdi (1:0), biroq «Yang Boyz» bilan o'yinda (1:2) «Manchester Yunayted» mag'lubiyatga uchradi.

Bundesliga klublarida 7 ochko bor. «Bavariya» «Barselona»ni mag'lub etdi (3:0), «Borussiya Dortmund» «Beshiktosh»ni mag'lub etdi (2:1) va «Volfsburg» «Lill» bilan ochko almashdi (0:0). «Leyptsig» ochko ololmadi, jamoa «Siti»ga yirik hisobda yutqazdi.

Ispaniya klublari 6 ochko to'pladi: «Real» «Inter»dan g'alabani tortib oldi (1:0), «Atletiko», «Sevilya» va «Vilyarreal» o'z o'yinlarini durang bilan yakunladi, «Barselona» «Bavariya»ga yutqazdi.

Italiya jamoalarida 4 ochko bor: «Yuventus» «Malmyo»ni mag'lubiyatga uchradi (3:0), «Milan» va «Inter» imkoniyatni boy berdi, «Atalanta» «Vilyarreal» bilan durang qayd etdi (2:2).
Frantsiya jamoalari 2 ochkoni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi: «PSJ» klubining «Bryugge» bilan kuchi teng keldi (1:1), «Lill» ham durang o'ynadi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR