logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 13:13
KirishA'zo bo'lish
Jasurbek Yaxshiboev Chempionlar Ligasida o'ynagan nechanchi o'zbekistonlik futbolchi?

 16 SENTYABR, 00:40 9

.

Bugun Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 1-tur uchrashuvlari doirasidagi «Sherif» – «Shaxtyor» jamoalari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi. Qiziqarli kechgan bellashuvda moldovaliklar 2:0 hisobida g'alaba qzonishdi. Mazkur bellashuvning biz uchun ahamiyatli jihati, «Sherif» safida to'p tepadigan O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Jasurbek Yaxshiboev EChLdagi debyut uchrashuvini o'tkazdi. Shu tariqa, Jasur mazkur musobaqada o'ynagan o'zbekistonlik 7-futbolchiga aylandi. Evropaning klub darajasidagi eng nufuzli musobaqasida shu kungacha Oleg Pashinin («Lokomotiv M»), Vladimir Maminov («Lokomotiv M»), Maksim Shattskix («Dinamo K»), Sefer Alibaev («Tavriya»), Nikolay Turchinenko («Tavriya») va Jafar Irismetov («Spartak») o'ynashgan edi va bugun ushbu futbolchilarimiz soni yana bittaga oshdi.

Eslatib o'tamiz, «Sherif» – «Shaxtyor» jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Gollar esa Tarore va Yansane tomonidan kiritildi. Moldova klubi EChLning keyingi turida «Real» klubiga qarshi maydonga tushadi. Madridda kechadigan bellashuv 28 sentyabr kuniga belgilangan.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR