logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:17
KirishA'zo bo'lish
Xet-trik qayd etgan Holand o'z o'yinidan norozi!

 8 SENTYABR, 18:35 3

.

Dortmundning "Borussiya" klubi va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holand 2022 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasidagi Gibraltar bilan o'yindan so'ng (5:1) o'z o'yinidan norozi ekanligini bildirdi. Eslatib o'tamiz, norvegiyalik bu uchrashuvda xet-trik qayd etdi.

"Agar gollar va o'yinlar nisbatiga qarasangiz, men etarli darajada gol ura olmayapman. O'ylaymanki, menda o'yinlardan ko'ra ko'proq gollar bo'lishi kerak. Ha, men bunga intilaman ", - deya Holandning so'zlarini keltiradi Digi Sport nashri.


Holand Norvegiya terma jamoasi safida 15 o'yinda maydonga tushib, 12 gol urgan. Borussiya Dortmund tarkibida 21 yoshli norvegiyalik futbolchi 64 uchrashuvda ishtirok etdi va 63 ta gol urgandi.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR