logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 12:52
KirishA'zo bo'lish
Litva-2021. Rossiyaga qarshi o'yinda durangni qo'ldan chiqardik

 16 SENTYABR, 00:00 11

.

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatida o'zining ikkinchi uchrashuvini o'tkazdi. Bu safar vakillarimizga dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri — Rossiya terma jamoasi raqiblik qildi.

Bahodir Ahmedov shogirdlari birinchi bahsdan farqli o'laroq hayajonni tezda engib olib, yuqori kontsentratsiya asosida harakatlana boshlashdi. Bu safar darvozadan o'rin olgan Ravshan Eliboev o'yinni juda yaxshi o'tkazib, 15dan ortiq seyv namoyish etdi.

Ruslar bahsning 10-daqiqasida braziliyalik Robinoning individual mahorati evaziga hisobni ochishdi. Oradan bir daqiqa o'tib burchak zarbasidan so'ng Artyom Niyazov to'pni darvozaga joylab, hisobdagi farqni oshirdi.

Shundan so'ng hisob yirik ko'rinish oladigandek taassurot uyg'ona boshladi. Ammo O'zbekiston tanaffusgacha ushbu hisobni ushlab qoldi va ikkinchi bo'limni yanada yuqori saviyada o'tkazdi. Taym boshida Dilshod Rahmatov kuchli zarba bilan Rossiya darvozasini ishg'ol qildi. Shundan so'ng tashabbus hamyurtlarimiz tomoniga o'tdi. 28-daqiqada o'zbekistonliklar burchak zarbasini golga aylantirib, hisobni tenglashtirishdi — 2:2.

Shundan so'ng rossiyaliklar yana tempni oshirishdi. Bahs tugashiga 5 daqiqa qolganida ular ijrosidagi burchak zarbasi gol bilan yakunlandi. Vakillarimiz hali o'ziga kelib ulgurmasdan Artyom Niyazov yana bir gol urdi va xet-trikka erishdi. Yakuniy hisob — 2:4.

18 sentyabr kuni bo'ladigan Misrga qarshi o'yinda O'zbekistonga g'alaba kerak. Shunda jamoamiz nimchorak final yo'llanmasini qo'lga kiritadi.

Futzal bo'yicha JCh. "B" guruhi, 2-tur
O'ZBEKISTON - RFI - 2:4 (0:2)
Gollar: Davron Choriev (21), Mashrab Odilov (28) — Robino (10), Niyazov (11, 35, 35)

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR