logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:22
KirishA'zo bo'lish
EChL. Jasurbek Yaxshiboev 67 daqiqa o'ynagan uchrashuvda «Sherif» «Shaxtyor» ustidan ishonchli g'alaba qozondi

 15 SENTYABR, 23:50 8

.

UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 1-tur uchrashuvlari doirasidagi «Sherif» (Moldova) – «Shaxtyor» (Ukraina) jamoalari o'rtasidagi bahs yakunlandi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda maydon egalari 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu bahsning biz uchun muhim tomoni, terma jamoamiz a'zosi Jasurbek Yaxshiboev ham mazkur bahsda qatnashib, 67 daqiqa harakat qildi.

«Sherif» (Moldova) – «Shaxtyor» (Ukraina) 2:0

Gollar: 1:0 – 16 Traore, 2:0 – 62 Yansane.

Sherif – Atanasiadis, Fernando, Arboleda, Dulanto, Kristiano, Kolovos (Yansane, 55), Till, Addo (Radelich, 86), Traore, Kastaneda (Nikolov, 85), Yaxshiboev (Bruno, 67).

Shaxtyor – Pyatov, Dodo, Marlon, Matvienko, Ismaili, Maykon, Pedrino, Markos Antonio (Alan Patrik, 65), Tete (Marlos, 46), Fernando Pedro (Mudrik, 65), Traore.

Ogohlantirish: Dulanto (42).

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR