logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:45
KirishA'zo bo'lish
Pele operatsiya qilindi

 7 SENTYABR, 11:20 4

.

Futbol afsonasi Pele jarrohlik stoliga yotdi. 80 yoshli braziliyalikda paydo bo'lgan o'sma operatsiya orqali olib tashlandi.

"Do'stlar, iliq fikrlar uchun katta rahmat. Xudoga shukr, o'zimni yaxshi his qilyapman. Shifokorlar Fabio va Migelga minatdorchilik bildiraman. Shanba kuni paydo bo'lgan katta o'smani olib tashlash bo'yicha operatsiya qilindi. Ushbu o'sma tibbiy ko'rik paytida aniqlandi.

Men katta g'alabalarni sizlar bilan nishonlashga o'rganganman. Navbatdagi uchrashuvga yuzda tabassum bilan tayyorgarlik ko'ryapman. Oila va do'stlarim davrasida bo'lishni quvonch bilan kutib olaman", - deya yozdi Pele instagram orqali.

Manba: stadion.uz

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR