logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!Soat: 09:24
KirishA'zo bo'lish
EChL. "Manchester Siti" - «Leyptsig» uchrashuvi uchun prevyu

15 SENTYABR, 09:35 2

.

O'tgan mavsum finalchisi "Manchester Siti" joriy mavsumdagi ilk o'yinini bugun «Leyptsig»ga qarshi o'tkazadi.

APL chempioni o'tgan mavsum EChL finaliga qadar etib borgandi va «Chelsi»ga imkoniyatni boy bergan holda sovrinni qo'lga kirita olmadi. Vaholanki, klub oxirgi 5 yil ichida ilk bor finalga chiqqan va undan oldin faqat chorak finalda o'z yurishini to'xtatayotgandi.

«Leyptsig» o'tgan mavsum Chempionlar Ligasidagi ishtirokini nimchorak finalda to'xtatgan va bu ishni «Liverpul» bajarib bergandi. Klub endi ketma-ket uchinchi mavsum pley-offga yo'l olishni maqsad qilmoqda. Lekin, bu oson bo'lmasligi aniq. Chunki, "Manchester Siti"dan tashqari guruhda PSJ va «Bryugge» klublari ham bor.

"Manchester Siti" o'tgan mavsum guruh bosqichini samarali o'tkazdi. Klub S guruhida 16 ochko to'plagan holda birinchi o'rinni qo'lga kiritdi va 5 ta quruq o'yin va bitta gol o'tkazgan holda Chempionlar Ligasi guruh bosqichi rekordini takrorladi.


«Dortmund»ga qarshi o'yinning 84-daqiqasida Marko Roys tomonidan kiritilgan gol «shaharliklar»ning 790 daqiqalik "quruq seriya"siga barham berdi. Bu boradagi rekord 2005/06 yilgi mavsumda «Arsenal» tomonidan o'rnatilgan (995 daqiqa).

Bu «Siti»ning EChLdagi 11-mavsumi hisoblanadi. Klub 2011 yildan beri har bir mavsumda ishtirok etib kelmoqda va shulardan sakkizatasida pley-offga yo'l olishni uddalagan.

Bu «Leyptsig»ning oxirgi 5 mavsum ichida to'rtinchi ishtiroki sanaladi. 2019/20 yilgi mavsum Yulian Nagelsmann qo'lostida yarim finalga qadar etib borgan "qizil buqalar" o'tgan mavsum guruh bosqichi 6-turida "Manchester Yunayted"ni 3:2 hisobida mag'lub etgan holda PSJdan keyin ikkinchi o'rin bilan pley-offga yo'l olgandi.

«Leyptsig» EChLda umumiy 24 o'yin o'tkazgan va shulardan 12tasida g'alaba qozongan (3 durang, 9 mag'lubiyat).


 

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Serdar Gozubuyuk (Niderlandiya)

Qanot hakamlari: Just van Zullen, Yoxan Balder (Niderlandiya)

Zaxira hakami: Jeroen Manshot (Niderlandiya)

VAR: Pol van Boekel (Niderlandiya)

VAR yordamchisi: Stefani Frappat (Frantsiya)

 

Taxminiy tarkiblar

Manchester Siti - Ederson, Uoker, Stouns, Diash, Zinchenko, Gyundogan, Rodri, de Bryuyne, Sterling, Torres, Mahrez

Leyptsig - Gulachi, Klostermann, Orban, Simmerman, Anxelinyo, Aydara, Adams, Soboslai, Forsberg, Nkunku, Andre Silva

 

Yo'qotishlar

"Manchester Siti" tarkibida Zak Steffen (koronavirus) va Benjamin (politsiya idorasida, zo'ravonlikda ayblanib) maydonga tusha olishmaydi. Germaniya klubi safida esa Marselo Sarachchi hamda Marsel Halstenberg jarohati bois ushbu o'yinni o'tkazib yuborishadi.

Raqamlar

«Leyptsig» Chempionlar Ligasi doirasidagi oxirgi 4 uchrashuvida kamida ikkitadan gol o'tkazib yuborgan.

Jamoalar bunga qadar EChLda o'zaro to'qnash kelishmagan. «Ettihad» stadionida o'tkaziladigan bugungi bahs ular o'rtasidagi dastlabkisi bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" - «Leyptsig» uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

BILDIRILGAN FIKRLAR