logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!Soat: 10:00
KirishA'zo bo'lish
"Bavariya" yana bir "Leyptsig" futbolchisini nishonga olgan

10 SENTYABR, 22:35 23

.

Yarimhimoyachi Marsel Zabittser bilan shartnoma imzolangandan so'ng, "Bavariya" rahbariyati "Leyptsig"ning yana bir etakchi futbolchisi transferini tashkil qilmoqchi.

Calciomercato nashri xabariga ko'ra, "nemis mashinasi" ko'p qirrali va bir nechta pozitsiyalarda, shu jumladan markazda, shuningdek o'ng yarimhimoyada o'ynay oladigan "buqalar" futbolchisi Konrad Laymerni nishonga olgan. 26 yoshli avstriyalikning "Leyptsig" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilda tugaydi va uning transferi 26 million evroga baholanmoqda.


Eslatib o'tamiz, joriy mavsumda Konrad Germaniya chempionatida ikkita o'yin o'tkazdi, biroq biror bir harakati bilan ajralib turmagan.

Manba: stadion.uz

BILDIRILGAN FIKRLAR